ELEKTRON TIJORAT VA ONLAYN TO‘LOV TIZIMLARI: IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI
Keywords:
elektron tijorat, onlayn to‘lov tizimlari, raqamli iqtisodiyot, iqtisodiy o‘sish, moliyaviy inklyuziyaAbstract
Ushbu maqolada elektron tijorat (e-tijorat) va onlayn to‘lov tizimlarining zamonaviy iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida savdo-sotiq faoliyati internet platformalari orqali amalga oshirilishi keng quloch yoymoqda. Onlayn to‘lov tizimlari esa ushbu savdo jarayonlarining muhim infratuzilmaviy komponenti sifatida iqtisodiy faoliyatni jadallashtirmoqda. Tadqiqotda e-tijoratning bozor samaradorligi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishdagi roli o‘rganiladi. Shuningdek, raqamli to‘lov tizimlari orqali norasmiy iqtisodiyotni qisqartirish, soliq bazasini kengaytirish va moliyaviy inklyuziyani oshirish kabi ijobiy omillar ham tahlil qilinadi. Maqola yakunida O‘zbekistonda elektron tijorat infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.