Tog‘-Kon Metallurgiya Korxonalarining Zamonaviy Texnologiyalarini Va Innovatsion Strategiyasining Ilmiy-Nazariy Asoslari
Keywords:
energetika korxonalari, yashil iqtisodiyot, tog‘-konAbstract
Ushbu maqolada tog‘-kon metallurgiya korxonalarining zamonaviy texnologiyalari va innovatsion strategiyasining iqtisodiy rivojlanish doirasidagi boshqaruv faoliyati samaradorligini baholash usullari tahlil qilinadi hamda mavjud metodologiyalarni takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tog‘-kon metallurgiya va yoqilg‘i-energetika korxonalarining raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar, yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida sanoat tarmoqlarini boshqarish samaradorligini oshirishning miqdoriy baholash usullari yoritilgan. Shuningdek, maqolada energetika sanoati korxonalarida korporativ boshqaruvning sifat darajasini kompleks baholash uchun algoritm ishlab chiqilgan bo‘lib, u zamonaviy boshqaruv konsepsiyalari va raqamli texnologiyalarga asoslangan yondashuvlarni o‘z ichiga oladi.