Ingliz Tilini O‘Rgatishning Hozirgi Bosqichdagi Rivojlanish Tendensiyalari
Keywords:
ingliz tilini o‘rgatish, maktabgacha ta’lim, interaktiv metodlar, raqamli texnologiyalar, yin asosida o‘qitish, kognitiv rivojlanish, pedagogik yondashuv, lingvistik kompetensiyaAbstract
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim yo‘nalishida ingliz tilini o‘rgatishning zamonaviy tendensiyalari, pedagogik va texnologik yondashuvlari chuqur tahlil etilgan. Muallif ingliz tilini erta yoshdan o‘rgatishning dolzarbligini asoslab, interaktiv metodlar, raqamli texnologiyalar, o‘yin asosidagi yondashuvlar va vizual-didaktik vositalarning samaradorligini ilmiy dalillar asosida yoritib beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv, emotsional va lingvistik xususiyatlarini inobatga olgan holda, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali chet tilini o‘rgatish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Shuningdek, Finlyandiya kabi ilg‘or ta’lim tizimlari tajribasi asosida milliy modelni takomillashtirish g‘oyalari ilgari surilgan.