MOHLAROYIM G‘AZALLARIDA ISTIORA SAN’ATINING O'RNI

Authors

  • Sobirova Muzayyana QDPI O‘zbek tili va adabiyoti talabasi

Keywords:

ISTIORA, MOHLAROYIM

Abstract

Adabiyotni so‘nmas ma’naviyat chirog‘i deyishadi. U tarqatgan nur insonni badiiyatga cho‘mdiradi. Qo‘qon adabiy muhitida o‘ziga xos o‘rin yaratgan Mohlaroyim ham mumtoz adabiyotimizga o‘zining benazir hissasini qo‘shish bilan birgalikda, uni har jihatdan boyitgan. Shoira ijodi badiiyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, badiiy san’atlarning o‘ziga xos tarzdagi go‘zal namunalarini uchratish mumkin. Jumladan, shoira she’riyatida “Istiora” san’ati alohida ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda, ushbu she’riy san’at turiga to‘xtalib o‘tamiz: “Istiora – arabcha so’z bo’lib, “biron narsani omonatga (vaqtincha) olmoq” degan ma’noni ifodalab, adabiy asarda so‘zni o‘z ma’nosida emas, balki majoziy bir ma’noda qo‘llash san’ati sanaladi. Ko‘pincha, bu ikki ma’no o‘zaro o‘xshashlikka asoslanadi. Shu jihatdan istiora tashbeh san’atiga yaqin turadi. Istiora aksar hollarda tashbehi kinoyaga, ya’ni mushabbihi tushirilgan tashbihga to‘g‘ri keladi[1].”

 

 

Downloads

Published

2022-06-17

How to Cite

Muzayyana, S. (2022). MOHLAROYIM G‘AZALLARIDA ISTIORA SAN’ATINING O’RNI. Miasto Przyszłości, 24, 289–292. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/87