Oshiq Erkin Ijodida Dialektizmlar
Abstract
Dialektizmlar — adabiy tildagi dialektlarning oʻziga xos hududiy unsurlari sanaladi va tilshunoslikning barcha sohalari (fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis va boshqalar)ga taalluqlidiir. Badiiy ijodda dialektizmlar narsa, voqea va hodisaga mahalliy urgʻu berish maqsadida qoʻllaniladi, bundan tashqari personaj nutqini individuallashtirish uchun foydalaniladi. Biroq, bunday qo‘llash tufayli dialektizmlar adabiy tilga oid boʻlib qolmaydi.