O’smilik Va O’spirinlik Davining Psixologik Jihatdan O’ziga Xos Xususiyatlari
Keywords:
O’smirlik, o’spirinlik, qarama-qarshilik, psixologik, fiziologik, tashqi qiyofa, xulq-atvor, ehtiyoj, nazoratAbstract
O’smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o’z ichiga qamrab oladi, ularni 5-8 sinf o’quvchilari tashkil qiladi. O’spirinlik davri esa 15-18 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab olib, 8-10 sinf o’quvchilarini tashkil qiladi. O’smirlik bolalikdan kattalikka o’tish davri bo’lib, fiziologik va psixologik jihatdan tavsiflanadi. O’spirinlik davrida o’quv faoliyatining murakkablashganligi tufayli o’quvchilar oldida kelgusida kim bo’lish, qanday faoliyat turi bilan shug’ullanish kerak degan tashvish paydo bo’la boshlaydi. Ushbu maqolada o’smirlar va o’spirinlar davri psixologiyasi, fiziologiyasi va uning o’ziga xos xususiyatlari haqida so’z yuritiladi.