YANGI KONSTITUTSIYA MILLIY TARAQQIYOTIMIZNING MUSTAHKAM POYDEVORI
Keywords:
Yangi Konstitutsiya, referendum, strategik maqsad, inson huquqlari, xalq manfaatlariAbstract
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, farovon jamiyat barpo etishni orzu qilgan, inson qadri aziz bo‘lgan adolatli davlat qurishni o‘z oldiga maqsad qilgan har qanday xalq davlat va huquq taraqqiyotining mashaqqatli va sharafli yo‘lini bosib o‘tganiga guvoh bo‘lamiz. Yurtimizda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishtirok etgan fuqarolarning 90,21 foizi tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilinganligi, xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligidan dalolat bermoqda.