Menejment Tizimini Takomillashtirish Tendensiyalari
Keywords:
menejment, boshqaruv, iqtisodiyot, bozor modeli, marketing, korporativ boshqaruv, raqobat, rivojlanishAbstract
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin tadbirkorlik faoliyatini yuritish va koxonalarni boshqarish usullari o‘zgara boshladi. Korporativ boshqaruv andozalarini joriy etishning iqtisodiy jihatlari, aksiyadorlik jamiyatlar (AJ) boshqaruvining samarali tizimini shakllantirish, boshqaruvning tamoyillari, uni tuzishga ta’sir etuvchi omillar kabi masalalar e’tibor qaratila boshladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini hamda jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlay oladigan ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobat muhitini shakllantirishning huquqiy va tashkiliy asoslarini yaratish ustuvor vazifa etib belgilandi. O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarini isloh qilish tajribasi shuni tasdiqlamoqdaki, ma’muriy - rejali iqtisodiyotdan xo‘jalik yuritishning bozor modeliga uyg‘un o‘tishning muhim vositasi xususiylashtirish va aksonerlashtirish bo‘lib, bu xaqiqiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga va xususiylashtirilgan mulkni korporativ boshqarishning samarali usullarini joriy etishda moliyaviy menejment alohida ahamiyat kasb etadi.