DIABETIK RETINOPATIYANING DAVOLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Authors

  • Odilov Mirshod Yusupovich Buxoro davlat tibbiyot instituti oftalmologiya kafedrasi

Keywords:

diabetik retinopatiya, makula shishi, qandli diabet, fenofibrat

Abstract

Diabetik retinopatiya (DR) o‘ziga xos mikrovaskulyar asoratlari bo‘lib, qandli diabet bilan kasallangan 3 bemordan 1 tasiga uchraydi. DR ishlaydigan yoshdagilarda ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishning asosiy sababi bo‘lib qolmoqda. Ta’kidlanishicha, har 10 bemordan 1 nafarida (10,2%) ko‘rish uchun xavfli DR, ya’ni proliferativ diabetik retinopatiya (PDR) va/yoki diabetik makula shishi (DMSh) mavjud. Ishning maqsadi: Traykorning diabetik retinopatiyaning rivojlanishidagi ta’sirini o‘rganish. Traykor, (fenofibrat) qon zardobida xolesterin va triglitseridlar darajasini pasaytiradigan, lipidlarni kamaytiradigan dori. 36 yoshdan 58 yoshgacha bo‘lgan DR bilan kasallangan 40 bemor (40 ko‘z) tekshirildi. Xulosa: Traykor o‘zining ta’sir mexanizmi tufayli DR bilan og‘rigan bemorlarda vizual funksiyalarni yaxshilashga yordam beradi. Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashda foydalanish mumkin. Fenofibrat 2-toifa diabet bilan og‘rigan bemorlarda diabetik retinopatiyaning rivojlanishini 60% ga sezilarli darajada sekinlashtiradi.

Downloads

Published

2023-11-20

How to Cite

Odilov Mirshod Yusupovich. (2023). DIABETIK RETINOPATIYANING DAVOLASH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Miasto Przyszłości, 42, 4–8. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/1976