Surunkali Obstruktiv Bronxitda Komorbidlik
Keywords:
surunkali obstruktiv bronxit, komorbidlik, xastalik, bemor, sindromAbstract
Surunkali obstruktiv bronxit (SOB) — nafas yo`llarining surunkali yallig`lanish kasalligi oqibatida kelib chiqib, bemorlarda xansirash, yo`tal va nafas yo`llarining obstruksiyasi belgilari bilan namoyon bo`ladi. Surunkali obstruktiv bronxit kasalligida bir qator xastaliklarning komorbidligi kuzatiladi. Surunkali obstruktiv bronxitda komorbid xastaliklardan Yurak ishemik kasalligi Stenokardiyalar, Gipertoniya kasalligi, Qandli diabet, Surunkali yurak etishmovchiligi, Jigar sirrozi, Semizlik, Polietiologik kamqonlik keltirish mumkin [2]. Komorbidlik – bir bemorda kasallikning patogenetik mexanizmi bo`yicha bog`liq bo`lgan 2 va undan ortiq kasalliklarning va sindromlarning birga kelishi hisoblanadi. Ushbu kasalliklarning sababi turlicha bo`lishi mumkin. Yosh kattalashgan sari komorbid holat ortib boradi [3].