Avtotransport Korxonalarining Texnologik Jarayonlarini Boshqarishning Dasturiy Va Maqsadli Usullari

Authors

  • Korxonalarining Texnologik dosent-техника фанлари
  • Olimova Xafizaxon Erkinjon qizi Магистрант Andijon mashinasozlik instituti Andijon shahar, Oʻzbekiston

Keywords:

Korxonalarining Texnologik

Abstract

Respublikamiz Mustaqillikka erishgach, mamlakatimizda avtomobilsozlikka asos solindi, faoliyat yuritayotgan GM Uzbekistan, SamAvto va MAN kabi avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlar Respublikamiz iqtisodiy salohiyatiga, xususan, avtobus, yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqarish bilan ulkan hissa qo‘shmoqda va korxonalardagi avtomobil tarkibi yangilanmoqda. Bu o‘z navbatida hozirda faoliyat yuritayotgan avtotransport korxonalari harakatdagi tarkibida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar salmog‟ining sezilarli darajada o‘sib borishiga olib kelmoqda. Avtotransport korxonalarida (ATK) harakatdagi tarkibdan samarali va ishonchli foydalanish ko‘p jihatdan ishlab chiqarish texnika bazasining holatiga, mexanizatsiyalashganlik darajasiga, ekspluatatsiyadagi avtomobillarning parametrlariga mos kelishiga va faoliyat ko‘rsatish sharoitiga bog‘liqdir. ATKda texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) va ta‘mirlash texnologik jarayonlarini mexanizatsiyalash, avtomobillarning ish qobiliyatini va bajariladigan ishlarni yuqori sifatini ta’minlashda qilinadigan sarf-harajatlarni kamaytirishning asosiy yo‘llaridan biridir. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ish xajmlarini kamaytirish mexanizatsiya vositalarini qo‘llash natijasida ma’lum texnologik operatsiyalarga sarflanadigan vaqtni kamaytirish hisobiga erishiladi. ATKda texnologik jarayonlarini mexanizatsiyalash darajasini haqiqiy qiymatini bilish qaysi ishlab chiqarish bo‘limlarida qo‘l mehnati, og‘ir va malaka talab etilmaydigan ishlar ulushini aniqlash hamda ularni bartaraf etishda kompleks tadbirlar ishlab chiqarish imkonini beradi.

Downloads

Published

2023-12-07

How to Cite

Korxonalarining Texnologik, & Olimova Xafizaxon Erkinjon qizi. (2023). Avtotransport Korxonalarining Texnologik Jarayonlarini Boshqarishning Dasturiy Va Maqsadli Usullari. Miasto Przyszłości, 42, 247–248. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/2054