Ingliz tilini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish metodikasining asosiy qoydalari
Keywords:
Digital literacies, texting literacy, computer, verbality, non-verbalism, language, method, writing, genres, training, the process of the lessons, work.Abstract
2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standarti tastiqlandi. Qaror bilan ta’lim muassasalari bitiruvchilari bajarishi shart bo‘lgan tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan asosiy talablar tasdiqlandi. Ta’lim muassasalarining bitiruvchilari mavjud ma’lumotlarni tizimlashtirish va tahlil qilishda qo‘llaniladigan analitik fikrlash, internetda taklif qilinadigan ilovalar va dasturlar oqimidagi muayyan muammolarni hal qilish uchun to‘g‘ri vositalarni tanlash qobiliyati kabi ta’limning zamonaviy jihatlari bilan ajralib turishi kerak. Ko‘plab aloqa texnologiyalari ingliz tilidagi versiyada taklif etiladi va shuning uchun ulardan o‘quv jarayonida mohirona foydalanish uchun ingliz tilini bilish talab etiladi. Shunday qilib, chet tilini bilish maktab bitiruvchilarining keyingi kasbiy faoliyatining muhim asoslaridan biri bo‘lib, o‘qituvchi oldiga ko‘plab an’anaviy o‘qitish usullarini zamonaviy raqamli vositalar bilan uyg‘unlashtirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish vazifasini qo‘yadi. Ta’kidlash joizki, raqamli texnologiyalarning zamonaviy o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvi davlatimiz tomonidan bu boradagi qator tashabbuslar bilan qo‘llab – quvvatlanmoqda.