PSIXODRAMA TALABALAR O‘RTASIDA MILLATLARARO O‘ZARO MUNOSABAT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING INNOVATSION TEXNOLOGIYASI SIFATIDA
Keywords:
ma’naviyat, millat, millatlararo totuvlik, pedagogic mahorat, madaniyatAbstract
Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni rivojlantirish uchun barcha huquqiy asoslar va zarur shart-sharoitlar yaratildi. Bag`rikenglik madaniyatini tarbiyalash siyosatning ustuvor yо‘nalishlaridan biriga aylandi. Kо‘pmillatli mamlakatimizda sodir bо‘layotgan о‘zgarishlar yurtimizda istiqomat qiluvchi milliy guruhlar etnik madaniyati, urf-odatlari, udumlarini saqlab qolish, rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta’sir kо‘rsatmoqda. Lekin shuni alohida ta’kidlash joizki, madaniy-ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hozirgi tez su’ratlar bilan shiddatli о‘zgarishlar sodir bо‘layotgan, jamiyat yangilanayotgan globallashuv jarayonlarining har bir mamlakat muhitiga ta’siri kuchayayotgan sharoitda murakkab muammoga aylanishi tabiiydir.