INDIVIDUAL TA’LIM DASTURI ASOSIDA TALABALARNI KASBIY VA ILMIY FAOLIYATGA TADBIQI AKMEOLOGIYASI (Jismоniy mаdаniyаt misolida)
Keywords:
Klaster, akmeologiya, metodika, sifat, talaba, kasb, ilm, mexanizm, natija.Abstract
Maqola talabalarning ilmiy va kasbiy faoliyatga yo'naltirilishini akmeologik nuqtai nazardan tahlil qiladi. Bugungi kunda oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak mutaxassislarni yuqori malakali kadrlar sifatida tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jismoniy madaniyat sohasida talabalarning ilmiy-ijodiy ishlarini rivojlantirish, sport sohasida iste’dodli sportchilarni tayyorlash va ilmiy asosda mashg'ulotlarni tashkil qilish zarurati ta'kidlanadi. Prezidentning qarorlari va ta'limni rivojlantirishga qaratilgan strategiyalari asosida jismoniy madaniyat yo'nalishida talabalarni ilmiy va ijodiy tadqiqotlarga yo'naltirish tizimi ishlab chiqilgan. Bu jarayon talabalarni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb qilish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llash va milliy qadriyatlarni hisobga olish orqali amalga oshiriladi. Talabalarni ilmiy va kasbiy faoliyatga yo'naltirishda akmeologik yondashuvning metod va tamoyillari muhim rol o'ynaydi. Bu yondashuv talabalarning ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirishga, ularni muvaffaqiyatga erishishga va yuqori darajadagi yutuqlarni qo'lga kiritishga yordam beradi. Akmeologik yondashuvning ko'rsatkichlari salomatlik, aqliy va jismoniy tayyorgarlik, ijodiy yondashuv va yuqori natijalarga erishishni o'z ichiga oladi. "INDIVIDUAL TA’LIM DASTURI" asosida klaster tamoyillariga tayanib, talabalarning ilmiy va kasbiy faoliyatini kuchaytirish, shaxsiy imkoniyatlarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish yo'lga qo'yilgan. Bu dasturning asosiy maqsadi talabalarning ilmiy-ijodiy va kasbiy salohiyatini maksimal darajada rivojlantirish va ularni yuqori malakali mutaxassislar sifatida tayyorlashdir.