Ashtarxoniylar Davrida Davlat Tizimi, Boshqaruvi va Madaniy Hayot
Keywords:
Ashtarxoniylar, mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf yerlari, Mulki xurri xolis, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Toshkent, BalxAbstract
Ashtarxoniylar davrida yerga egalik qilishning, ilgarigi asrlarda amalda bo’lganidek mulki sultoniy, xususiy mulk, vaqf yerlari shakllari mavjud edi. Mulki sultoniy davlat yerlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga kelib tushardi. Davlat yerlaridan o’sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yerni ishlatib, olingan hosildan xiroj solig’i to’laganlar. Xon davlat tasarrufidagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din ulamolari va sayyidlarga suyurg’ol shaklida, harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om qilardi. Suyurg’ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to’lamas edi.