Chapaqaylikning Irsiylanishi
Keywords:
Chapaqaylik, irsiyat, retsessiv belgi, genetika, bosh miya asimmetriyasiAbstract
Ushbu maqolada insonlar orasida kam uchraydigan biologik hodisa — chapaqaylikning irsiylanish qonuniyatlari va biologik asoslari tahlil qilinadi. Insonlar odatda o‘naqaylar, chapaqaylar va ambideksterlar kabi uch guruhga bo‘linadi. Chapaqaylik ko‘pincha retsessiv genetik belgi sifatida qaralsa-da, u har doim ham Mendel qonuniyatlariga muvofiq irsiylanmaydi. Tadqiqotda nasl jadvali tahlili, oddiy genetik modellashtirish va statistik ma’lumotlar orqali chapaqaylikka genetik va tashqi muhit omillarining birgalikdagi ta’siri o‘rganilgan. Dominant (A) va retsessiv (a) allellarning roli, bosh miyaning chap va o‘ng yarimsharlarining asimmetrik faoliyati, shuningdek, Xardi-Vaynberg muvozanati asosida populyatsiyadagi genotiplar taqsimoti izohlangan. Bundan tashqari, chapaqaylik bilan bog‘liq bo‘lgan 40 dan ortiq genetik lokuslar aniqlanganligi haqida so‘nggi genetik tadqiqotlar keltirilgan. Maqola xulosasiga ko‘ra, chapaqaylik genetik moyillik va prenatal/postnatal muhit ta’sirining murakkab o‘zaro ta’siri natijasidir.