Is Gazi (CO) Ning Tabiatda Tarqalishi
Keywords:
CO, is gazi, zaharlanish, azot, inert gaz, kislorod, karbonat, vodorod va h.k.zAbstract
Ushbu maqolada zaharli gazlardan biri hisoblangan is gazi va uning paydo bo'lishi,tabiatda tarqalishi,inson organizmiga zarar keltirishi,insonlarni zaharlanishiga sabab bo'lishi haqida so'z boradi.Is gazi organizmga nafas a’zolari orqali ta’sir etadi. Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma - karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning to‘qimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, og‘ir xolatlarda esa - anoksiyaga olib kelishi xamda shu tariqa inson hayotdan ko‘z yumishi mumkin.