EDVARDS SINDROMI
Keywords:
Edvards, to’liq trisomiya, qisman trisomiya, mozaik, homila, chaqaloq, qiz bola, o’g’il bola, xromosoma, mutatsiya, gen, kasallik, davolash.Abstract
Hozirgi kunda tibbiyot keng ko’lamda va jadallik bilan rivojlanmoqda, ammo bu bilan birga kasalliklar soni ham ko’paymoqda. Irsiy kasalliklar bilan tug’ilishlar soni ham ortib bormoqda. Bunga sabab birinchidan irsiy kasalliklarni aniqlovchi usullarning takomillashishi bo’lsa, ikkinchidan atrof-muhitning mutagen omillari bilan ifloslanishidir. Irsiy kasalliklarning barchasi ham nasldan-naslga o’tavermaydi, chunki irsiy kasalligi bo’lgan individ juda erta halok bo’ladi yoki nasl qoldirish qobiliyatiga ega bo’lmaydi. Bu maqolada Edvards sindromi bilan tug’ilgan chaqaloqlar va ularning organizmida fiziologik va morfologik o’zgarishlar, kasallik diagnostikasi va davolash usullari haqidadir.