Bolalarda Qavarchiqlar Sabablari
Keywords:
bolalar, qavarchiqlar, etiologiyaAbstract
Qavarchiqlar - bolalik davrida tez-tez uchraydigan kasallik bo'lib, deyarli har bir bola ushbu kasallik bilan kasallanib o`tadi. Odatda, qavarchiq xarakteridagi toshmalarning mavjudligi diagnostikada qiyinchiliklarga olib kelmaydi, ammo uning rivojlanishiga olib keladigan ko'plab omillar shifokorlar uchun davo taktikasini tanlashda qiyinchiliklarga olib keladi. Odatda pediatriyada qavarchiqlar sababi oziq-ovqat allergenlari va dorilar deb hisoblanadi, bu holat bolaning ovqatlanish ratsionidandan ko'plab mahsulotlarni uzoq vaqt davomida asossiz ravishda chiqarib tashlashga olib keladi. Biz uch yil davomida allergologiya bo'limiga yotqizilgan bolalarda o'tkir va surunkali qavarchiqlar sabablarini tahlil qildik. O'tkir qavarchiqlarda, aksariyat hollarda, oziq-ovqat (46,7 %) va dori-darmonlar (22,5%) sabab bo'lgan, surunkali qavarchiqlarda oziq-ovqat faqat 20% hollarda toshmalarga sabab bo'lgan va 8 ta bolada qavarchiqlarning infeksion etiologiyasi tasdiqlangan. Tadqiqot asosida ushbu patologiyaga ega bemorlarni tekshirish bo'yicha quyidagi tavsiyalar taklif etiladi: surunkali qavarchiqlar bilan og'rigan bemorlarni diagnostikasida infeksion agentlarni aniqlash uchun laboratoriya tekshiruvlarini o`tkazish, ko`rsatmaga ko`ra oshqozon shilliq qavatining biopsiyasi va fibrogastroduodenoskopiya o`tkazish.