Qashqadaryo Vohasi Qadim Suv Manbalari

Authors

  • O‘roqova Dilnoza Ilhom qizi Qarshi davlat universiteti III kurs talabasi

Keywords:

Qarshi cho‘li, Kalif kanali, Qashqadaryo daryosi

Abstract

Ushbu maqolada Qashqadaryo vohasi hududining qadimgi davrlardagi suv manbalari va yerlarni sug‘orishda foydalanilgan suv zahiralari tahlil qilinadi. Qashqadaryo vohasi tabiiy sharoitlari, issiq iqlimi va unumdor yerlarining mavjudligi, shuningdek, suvsiz dehqonchilikning rivojlanishi haqidagi tarixiy faktlar ko‘rib chiqiladi. Maqola orqali kishi ijtimoiy hayotida suvning ahamiyati, tabiiy suv manbalarining insoniyat taraqqiyotidagi roli va tarixiy manbalar asosida o‘z tasdiqlashini ko‘rsatish maqsad qilinadi. Qadimiy sug‘orish tizimlari, irrigatsiya inshootlari va ularning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarganligi, shuningdek, suv tanqisligi va shunday muammolarni hal qilish yo‘llari ham tahlil etiladi. Qashqadaryo vohasi, uning qadimiy madaniyati va zamonaviy suv resurslari masalalariga oid dalillar keltiriladi, bu orqali vohaning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotidagi suv manbalarining o‘rni ochib beriladi.

Downloads

Published

2024-09-25

How to Cite

Ilhom qizi, O. D. (2024). Qashqadaryo Vohasi Qadim Suv Manbalari. Miasto Przyszłości, 52, 645–647. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4685