Hukmdorlar Shoiri Va Olim Muhammad Shayboniyxonning Turkiy Diniy Munozara Majlislari (Fazlulloh ibn Ro‘zbihon Isfaxoniyning «Mehmonnomayi Buxoro» asari ma’lumotlari asosida)
Keywords:
Islom olimi, tariqat peshvosi, bahsu munozara, diniy majlislar, yig‘in ahliAbstract
O‘zbek xoni Muhammad Shayboniyxon huzurida boshqa islom hukmdorlari qoshida o‘tkazilgani kabi ulamolar ishtirokida diniy majlislar – ilmiy bahsu-munozaralar tashkil etilgan. Fazlulloh ibn Ro‘zbehon Isfahoniyning “Mehmonnomayi Buxoro” asarida hukmdor va olim Shayboniyxon huzuridagi ana shunday yig‘ilishlar qalam olingan.
Muhammad Shayboniyxonning o‘zi ham o‘zbek tilida o‘tkazilgan munozaralarda bahsga kirishgan. Mazkur yig‘ilishlarda o‘z davrining mutafakkirlari, fozillari va ulamolari ishtirok etgan.