Uvaysiy Ijodining Manbalari Xususida
Keywords:
ijodkor, mumtoz she’riyat, adabiyot, qo’lyozma devon, millatAbstract
Jahonotin Uvaysiy, shubhasiz, e’tirof etilgan ayol ijodkorlarning sarboni edi, desak hech ham yanglishmagan bo’lamiz. Uvaysiy nafaqat o’zbek, balki Sharq mumtoz she’riyatidagi o’ziga xos, betakror siymo. Uning lirikasi alohida bir go’zal badiiyat olamini tashkil etadi. Atoqli shoiramizdan bizgacha zalvarli adabiyot durdonalari meros bo’lib qolgan. Bu merosni haqli merosxo’ri sifatida chuqur o’rganib, butun olamga e’tirof qilsak arziydi.