Tabiat Hodisalariga Oid Tovush Simvolizmlarini Farqlash
Keywords:
onomatopeya, simvolizm, tabiat hodisalari, holatga taqlid, tovushga taqlidAbstract
Ushbu maqolada yapon tilidagi tabiat hodisalariga tegishli taqlid so‘zlar o‘rganilgan. Shu jumaladan, tabiat hodisalariga oid tovush simvolizmlarini farqlash tahlil qilinib, yapon tilidagi tabiat hodisalariga tegishli taqlid so‘zlarning gapdagi o‘rni misollar yordamida keltirilgan. Shuningdek, o‘zbek va yapon tillari misolida narsalar va hayvonlarning tovushlarini yetkazib beruvchi onomatopoeik lug‘atni o‘rganishga bag‘ishlangan deb ham aytishimiz mumkin. Tovush simvolizmi va onomatopeyani oʻrganuvchi tadqiqotchilar erishgan eng muhim xulosalardan biri shuki, “tovushli tasvir til tuzilishidagi alohida holat, qandaydir alohida orol emas, balki tilning kelib chiqishi, rivojlanishi va faoliyatini belgilovchi qonundir”. Biz talaffuz qiladigan tovushlar ma’lum bir “ramziy potentsial” ga ega, bu ularga tovush hodisalarini ham, voqelikni ham yetkazishga imkon beradi.