Big Data Analytics va Sun'iy Intellektning Moliyaviy Samaradorlikni Prognozlashdagi Roli
Abstract
Bu maqola katta ma’lumotlar (Big Data) tahlili va uning buxgalteriya hisobidagi firibgarliklarni aniqlash va moliyaviy risklarni boshqarishdagi ahamiyatini o‘rganadi. Maqolada, Big Data texnologiyalarining firibgarliklarni aniqlashda qanday samarali vosita sifatida xizmat qilishini, shuningdek, moliyaviy manipulyatsiyalar va firibgarliklar bilan bog‘liq xatarlarni oldindan bashorat qilishda qanday rol o‘ynashini tahlil qiladi.Jumladan sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish algoritmlari yordamida moliyaviy hisob-kitoblarni va audit jarayonlarini optimallashtirish imkoniyatlari ko‘rib o’tadi. Maqolada risklarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar asosida moliyaviy xavflarni aniqlash va minimallashtirish usullari tavsiflanadi. Tadqiqot, Big Data va analitik vositalar yordamida buxgalteriya hisobini yanada ishonchli va samarali qilishda keltiriladigan afzalliklarni yoritadi. Maqola, shuningdek, firibgarlikni aniqlash va moliyaviy xavflarni boshqarish jarayonlarida katta ma’lumotlar tahlilining iqtisodiy va amaliy afzalliklarini aniqlaydi