BUXGALTERIYA KELAJAGI: SUN'IY INTELLEKT VA KATTA MA'LUMOTLARNING INTEGRATSIYASI
Keywords:
Communicative Games, Language Learning, Speaking Skills, Role-Playing, Information Gap Activities, Storytelling, Educational Strategies, Classroom Implementation, Language Fluency, Student Engagement.Abstract
Mazkur maqolada buxgalteriya hisobida sun'iy intellekt (SI) va katta ma'lumotlar (Big Data) texnologiyalarining ishlatilishi va kelajagi tahlil etiladi. Sun'iy intellekt va katta ma'lumotlar texnologiyalari buxgalteriya sohasini avtomatlashtirish, moliyaviy operatsiyalarni topish hamda aniqlashni va firibgarlikni erta bosqichni aniqlashda muhim vositalarga aylanmoqda. Bu texnologiyalar tufayli kompaniyalar moliyaviy holatini aniqroq baholash, tahminlarni aniqlash va optimallashtirilgan strategiyalar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.SI va katta ma'lumotlarning integratsiyasi buxgalterlarning vazifalarini tranzaksiyalardan kelib chiqib strategik yo‘nalishlarga olib o’tilmoqda, bu esa real vaqt rejimida audit qilish va moliyaviy tahlillarni samarali amalga oshirish imkonga ega bo’ladi. Jumladan, ma'lumotlar xavfsizligi, axloqiy masalalar va yangi ko‘nikmalarga ehtiyoj kabi to‘siqlar mavjud bo‘lib, bular buxgalteriya sohasida yangi texnologiyalarni joriy etishda e’tiborga olinishi zarur. Bu maqola buxgalteriya hisobida sun'iy intellekt va katta ma'lumotlardan foydalanishning istiqbollari va qiyinchiliklarini ochadi, jumladan, bu texnologiyalardan foydalangan holda buxgalteriya sohasini rivojlantirish yo‘nalishlarini ko‘rsatadi.