Professional Ta’lim Tizimida Rahbar Kadrlarning Intellektual Salohiyati Va Kasbiy Kompetensiyasini Takomillashtirishning Metodologik Asoslari
Keywords:
Professional ta’lim, intellektual salohiyat, kasbiy kompetensiya, raqamli texnologiyalar, innovasion modellarAbstract
Ushbu maqola professional ta’lim tizimida rahbar kadrlarning intellektual salohiyati va kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishning nazariy va metodologik asoslarini tahlil qiladi. Maqolada rahbar kadrlarning murakkab masalalarni hal qilish qobiliyatlari, innovasion qarorlar qabul qilish, zamonaviy ta’lim metodlarini joriy qilish va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalari o‘rganiladi. Shunga ko‘ra, ularning kasbiy kompetensiyasi va intellektual salohiyatini rivojlantirish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Har xil metodik yondashuvlar, jumladan, innovasion ta’lim modellari, masofaviy ta’lim modellari va muammoli yondashuvlar orqali rahbar kadrlarning professional ko‘nikmalari yaxshilanadi. Tadqiqotda aytib o‘tilgan usul va tavsiyalar professional ta’lim tizimini takomillashtirishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.