COVID-19 Infeksiyasidan Keyingi Reabilitatsiya: Davolash Usullari Va Innovatsion Yondashuvlar
Keywords:
COVID-19, reabilitatsiya, opor-motor tizimi patologiyalari, mushak-skelet tizimi, funksional tiklanish, postkovid asoratlari, fizioterapiya, individual yondashuvAbstract
Bu maqolada COVID-19 infeksiyasidan so‘ng yuzaga keladigan asoratlar, xususan, opor-motor tizimi patologiyalari hamda ularni reabilitatsiya qilish usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda ushbu bemorlarda uchraydigan mushak-skelet tizimidagi funksional buzilishlar, ularning sabab va mexanizmlari tahlil qilinadi. Jumladan, zamonaviy reabilitatsiya texnologiyalari va individual yondashuvning ahamiyati yoritiladi. Maqola COVID-19 dan keyingi davrda sog‘liqni tiklashga yo‘naltirilgan innovatsion usullarni qo‘llash bilan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.