Moliyaviy Daromad Va Uning Shakllari
Keywords:
Moliya, moliyaviy daromad, Foiz daromadAbstract
Moliyaviy daromad — bu biznes yoki shaxs tomonidan moliyaviy faoliyat orqali olingan foyda yoki daromaddir. Bu tushuncha iqtisodiyotning turli sohalarida qo‘llanilib, umumiy daromad, foyda va boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Moliyaviy daromadni olishning bir nechta shakllari mavjud bo‘lib, ular asosiy iqtisodiy faoliyatning turli yo‘nalishlarini qamrab oladi. Bu maqolada moliyaviy daromadning shakllari va ularning mohiyati haqida to‘liq tushuncha beriladi.
Moliya – markazlashgan va markazlashmagan maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va qayta taqsimlash yoki ishlatish yuzasidan paydo boʻladigan iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. Moliya iqtisodiyotning pul sektorida yuzaga keladi va daromadlar asosida yuz beradi. Pul sektori pul va pulga tenglashtirilgan aktivlarning harakati boʻlib, buning natijasida pul fondlari vujudga keladi. Maqsadli pul fondlari – bu Moliya resurslari yoki Moliya obʼyektidir. Moliya subʼyekti shu fondlarni yaratish, taqsimlash va ishlatishda ishtirok etuvchilar, yaʼni korxonalar (firmalar), turli xoʻjaliklar, xonadonlar, nodavlat jamoat tashkilotlari va davlat idoralaridan iborat. Moliya daromad hosil qilish va uni sarflashni anglatadi. Daromadlar ilk bor, yaʼni birlamchi taqsimlanganda korxona, davlat va xonadon Moliyasi yuzaga keladi. Bu oʻrinda birlamchi daromadlar hosil boʻladi, korxona Moliya fondlarini tashkil etadi, ishlovchilar ish haqi oladi va bu xonadon daromadini hosil etadi, korxonalar byudjetga soliq toʻlaydilar va bu davlat daromadini yuzaga keltiradi.