“Uyat” Konseptining Sotsiolingvistik Tahlili
Keywords:
konsept, uyat, yosh davrlariAbstract
Uyat hissi inson o‘zini anglash rivojlanganda, “Men”i rivojlanib bo‘lganidan so‘ng moddiy tomondan ifodalana boshlaydi hamda uning butun hayoti davomida turli darajalarda, turli tezlikda va turli davomiylikda o‘z aksini topadi. Uyat insondan ajratib bo‘lmaydigan asosiy tuyg‘ulardan biri sanaladi, aynan uyat sababli inson o‘zligini topadi, uning shaxsiyati shakllanadi. Barcha uchun uyatning psixologik xususiyati umumiylikni tashkil etadi, ammo uning sotsial jihatlari jamiyat vakillarining yoshi, jinsi, lavozimi va boshqa qator belgilari nuqtayi nazaridan farqlanadi. Maqolada “uyat” konseptining sotsiolingvistik o‘ziga xosliklari tahlil qilinadi.