Fargʻona Vodiysi Toʻydan Keyingi Marosim Qoʻshiqlari Poetikasi

Authors

  • Kasimova Zuxraxan Fatxiddinovna ADPI Rus, qirg`iz tillari va adabiyoti kafedrasi katta o`qituvchisi

Keywords:

toʻy, marosim, kelin salom, qoʻshiq, nikoh, oila, sovchi, kuyov, obraz, ijro

Abstract

Ushbu maqolada Fargʻona vodiysining oʻzbek xalqida toʻy nikoh qurish bilan bogʻliq holda uch koʻrinishda amalga oshirilishi, shuningdek jamoaviy nishonlanadigan toʻy marosimlari jarayonida ijro etiladigan ogʻzaki ijod namunalari toʻy marosimlari folklorini tashkil etilishi haqida soʻz yuritiladi. Oʻzbek oilaviy maishiy marosim folklorida toʻy bir necha bosqichdan iborat marosimlarni qamrab olishi, toʻygacha va toʻy marosimi jarayonidagi folklor qoʻshiqlari badiiyati borasida, soʻng toʻydan keyingi marosimlar jarayonida ijro etiladigan marosim qoʻshiqlarining oʻziga xos badiiy xususiyatlari haqida bayon qilinadi. “Kelin salom” qoʻshiqlari tuzilishiga koʻra, salomlarning yoʻllanishi izchilligi bilan oʻzaro bir-biridan farqlanishi, anʼnaviy “Kelin salom” qoʻshiqlari Fargʻona vodiysida ham mavjudligi, biroq baʼzi bir variantlarda morfologik jihatdan farqlarining kuzatilishi va “Kelin salom” qoʻshiqlari poetikasi masalalarini oʻrganishda 1. “Kelin salom” qoʻshiqlari strukturasi, 2. “Kelin salom” qoʻshiqlarida obraz masalalarining tadqiqi koʻrsatiladi. Fargʻona vodiysi oʻzbeklarining toʻylari ham sovchi kelishdan boshlanib, kelinni salom soldirish bilan yakunlanishi, nikoh toʻyi odatda “Yuzochar”, “Kelin salom”, “Joy yigʻdi”, “Chimildiq uzdi” singari marosimlar bilan oʻz nihoyasiga yetishi va sanab oʻtilgan marosimlar ichida oʻzining serjilo badiiy-estetik malohatiga ega boʻlgan qoʻshiqlari bilan “Kelin salom” marosimi ajralib turishi haqida fikr bildiriladi.

Downloads

Published

2025-03-04

How to Cite

Fatxiddinovna, K. Z. . (2025). Fargʻona Vodiysi Toʻydan Keyingi Marosim Qoʻshiqlari Poetikasi. Miasto Przyszłości, 58, 4–8. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/6148