Xlorella Suspenziyasini Bedanalarning Biometrik Ko’rsatqichlariga Ta’siri
Abstract
Qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalar ratsioniga turli qo‘shimchalarning kiritilishi ularning mahsuldorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda tarkibida oqsillar, vitaminlar va minerallarga boy bo‘lganligi uchun xlorella (Chlorella vulgaris) kabi tabiiy ozuqaviy manbalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chlorella oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sanoatida hayvonlar salomatligi va mahsuldorligini yaxshilash uchun qo'shimcha sifatida keng qo'llaniladi.