Go‘Sht Yo‘Nalishidagi Quyonlar Postnatal Ontogenezida Yelka Suyagining Morfometrik Xususiyatlari
Keywords:
quyon, kulrang velikan, oq velikan, flander, yelka suyagi, postnatal ontogenez, uzunlik, og‘irlikAbstract
Kulrang velikan, oq velikan va flander zotiga mansub quyonlar postnatal ontogenezida yelka suyagining chiziqli o‘lchamlari va og‘irliklarining absolyut ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Yelka suyagining morfometrik ko‘rsatkichlari quyonlar postnatal rivojlanishi davomida o‘ziga xos o‘sish dinamikasiga ega ekanligi aniqlangan. Yelka suyagi og‘irligining absolyut ko‘rsatkichlari ayniqsa, postnatal ontogenezning 21 kunligidan keyin 1- va 3- guruhidagi quyonlarda 2-guruhga nisbatan yuqori bo‘lishi kuzatilgan.