BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA MINTAQAVIY BANDLIK DARAJASI: MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Keywords:
bozor iqtisodiyoti, mintaqaviy bandlik, ishsizlikAbstract
Ushbu maqolada bozor iqtisodiyoti sharoitida mintaqaviy bandlik darajasining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganilgan, xususan, O‘zbekistonning janubiy hududi — Surxondaryo viloyati misolida bandlik bozorining holati, ishsizlik darajasi, aholi daromadlari va ishchi kuchi migratsiyasi tahlil qilingan. Maqolada mintaqadagi iqtisodiy va demografik ko‘rsatkichlar asosida bandlikdagi muammolar aniqlanib, ularga ta’sir qiluvchi omillar chuqur tahlil etilgan. Shuningdek, mehnat bozorini tartibga solish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsizlikni kamaytirish va aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda statistik tahlil, va grafik ifodalar yordamida Surxondaryo viloyati mehnat bozorining holati aniq ko‘rsatib berilgan. Maqola yakunida mintaqaviy bandlikni oshirish, davlat siyosatini takomillashtirish hamda hududiy farqlarni kamaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.