Raqamli Reklama Bozorining Iqtisodiyotga Ta’siri
Keywords:
Raqamli reklamaAbstract
Ushbu maqolada raqamli reklama bozorining zamonaviy iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi o‘rni va ta’siri har tomonlama yoritiladi. Maqolada global va mahalliy raqamli reklama bozori rivojlanishining asosiy tendensiyalari, uning iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri, yangi ish o‘rinlari yaratishdagi roli va kichik hamda o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli reklama orqali tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi oshishi, ichki va tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarining kengayishi hamda iste’molchilar ehtiyojini o‘rganish va ularga tezkor yetib borish mexanizmlari muhokama qilinadi.