Raqamli Muhitda Oliy Ta’lim Samaradorligini Oshirish Usullari: Chet Tili Va Raqamli Kompetentsiyalarni Shakllantirish

Authors

  • Valiyeva Nasiba Xadiyatullayevna Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Dosent v.v.b.

Keywords:

oliy ta’lim, chet tilini o‘qitish, raqamli texnologiya, Google tarjimon, usul

Abstract

Milliy ta’limni takomillashtirish jarayonida har yili zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati ortib bormoqda, ularning joriy etilishi ta’limni modernizatsiya va rivojlantirish, shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish va ta’limni fanga yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda.

Maqolada chet tilini o‘qitishda Google tarjimon ilovasi yordamida til va raqamli kompetentsiyalarini shakllantirsh masalasi ko‘rib chiqiladi. Izlanish jarayonida oliy ta’limda raqamli ta’limni o‘rni tahlil qilinadi. O‘qitish metodlariga, smartfondagi Google tarjimon va ovozli xizmat ilovasidan foydalanib til ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Tajriba natijalari keltirilib, mobil raqamli texnologiyani til o‘qitishda afzalliklari va kamchiliklari aniqlanadi, ba’zi muammolarga yechim topiladi. Samarali o‘qitish usullari sifatli ta’limni ta’minlashda, inson kapitalini rivojlantirishda, shuningdek jamiyat va davlat farovonligini oshirishda, umuman olganda, iqtisodiyotimizni yangi pog‘onaga chiqarishda ahamiyati xulosa qismida keltiriladi.

Downloads

Published

2024-01-17

How to Cite

Valiyeva Nasiba Xadiyatullayevna. (2024). Raqamli Muhitda Oliy Ta’lim Samaradorligini Oshirish Usullari: Chet Tili Va Raqamli Kompetentsiyalarni Shakllantirish. Miasto Przyszłości, 44, 271–278. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/2422