Quyosh Inverterlari Kiritilgan Elektr Ta'minoti Tizimining Elektr Parametrlariga Ta'siri
Keywords:
quyosh energiyasi, inverter, kuchlanish tebranishi, integratsiyaAbstract
Ushbu maqolada quyosh fotoelektr tizimi invertori asosiy elektr tarmog‘iga ulangan holatda tizimda paydo bo‘ladigan kuchlanish tebranishlari va ularning integratsiyadan oldingi va keyingi holati taqqoslab tahlil qilingan. Elektr ta’minoti tizimiga quyosh invertorlarini ulash natijasida paydo bo‘ladigan elektromagnit xalaqitlar va kuchlanishning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi ustida eksperimental o‘lchovlar olib borildi. Grafik tahlillar asosida inverterlarning elektr sifatiga ta’siri aniqlanib, barqaror ishlashini ta’minlovchi omillar ko‘rib chiqildi.