Xorijiy Til Maqol va Iboralarida “Ayol” Obrazinining Ifodalanishi (Fransuz Tili Misolida)
Keywords:
frazeologiya, ayol konsepti, obyektiv komponent, salbiy munosabat, ijobiy munosabatAbstract
Ushbu maqolada ayol obrazini ifodalovchi fransuz maqol va frazeologizmlarida ayol shaxsining xarakterini baholovchi shkalalar tahlil qilinadi. Bunda nafaqat shaxs xulq-atvori balki real borliq, vogea hodisalarning roli va ularning ahamiyati ham e’tiborga olingan. Bundan tashqari fransuz xalgi ongida shakllangan ayollar go’zalligiga bo’lgan munosabatlarning salbiy va ijobiy tomonlari tahlil qilingan. Umuman ayol obrazi qo’llanilgan genderli frazeologizm va maqollar hamda ulardagi salbiy va ijobiy baholashlar qiyoslab o'rganilgan, va shu bilan birgalikda tahlil qilingan maqol va frazeologizmlar anglatgan ma'nolar tufayli olingan xulosalar berilgan.