Ipak Fibroinini Kislotali, Ishqoriy Va Neytral Muhitli Eritmalarda Bo‘Kish Xossalari
Keywords:
Ipak fibroin (IF), bo’kish, kinetika, amorf qism, kristall qismAbstract
Mamlakatimizda ipak va undan tekstil sanoatida zaruriy mahsulotlar olish muhim yo`nalishlardan biri hisoblanadi. Ipak olish bo‘yicha mamlakatimiz yetakchilar qatorida bo‘lib, hozirda ipak tolasini ishlab chiqarish bir necha baravar oshirilgan. ipak ishlab chiqarish sanoatida tekstil sanoati uchun yaroqsiz bo‘lgan 25-28 % miqdorda tolasimon ipak tolalari hosil bo‘ladi. Sanoatning bu kabi chiqindilaridan maqsadli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shu sababli tabiiy ipakning tolasimon chiqindilaridan turli sohalar uchun sorbentlar va muhim materiallar tayyorlash maqsadida izlanishlar olib borilmoqda. Ya`ni bu sohada sorbent sifatida qo‘llaniladigan kukunsimon fibroinning turli muhitli sharoitlarda tarkibiy, strukturaviy, fizik va kimyoviy xossalarini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi.