Steam Ta’limidagi Matematika Tashkil Etuvchisining O’qitilishini It Sohasi Yordamida Shakllantirish Metodikasi
Keywords:
STEAM, matematika, matematik tashkil etuvchisi, IT, metodika, shakllantirish metodikasi, Data ScienceAbstract
Bu maqolada STEAM ta’limida ko’p jarayonlar matematik formulalar va modellashtirishga, qolaversa oliy ta’lim va undan keyingi bosqichlarda matematikadagi chekli ayirmalar shemalari bilimlariga tayanganligi uchun matematikani o’qitish samarasini oshirishga taqalganligi haqida bayon etiladi. Robotni modellashtirish, turli uning harakati bilan bog’liq kompyuter dasturlari ham matematikani bilishga bog’liq, uni esa inson maktabgacha davrida matematik rivojlanib, maktab kursidan boshlab mukammal o’qishi va o’zlashtirishi zarur. Turli texnik va texnologik jarayonlar ham matematik bilimlarga tayanadi. Matematikani qulayroq o’yin tarzida o’qitishga esa IT sohasi yordamga keladi. Kompyuter dasturlari, fanni o’qitishga mo’ljallanagan platformalar fanni o’zlashtirish samarasini oshirishga yordam qiladi. Axborot texnologiyalarining biri bo’lgan sun’iy intellekt yangi sohalarni paydo bo’lishini, jumladan DATA SCIENCE yo’nalishini paydo bo’lishini va uning yordamida bu sohaga yangi mazmun, maktab matematikasiga, algebra va matematik analiz fanlariga boshqacha yondashishni talab etadi.