She’riyat Va She’riy Tarjima
Keywords:
Tarjima, badiiy tarjima, poeziya, poema, ballada, sonet, transformatsiyaAbstract
Ushbu maqola ingliz tilidan o’zbek tiliga she’rlarni tarjima qilish masalasiga bag’ishlangan. Badiiy tarjimada uchraydigan muammolar yoritilgan. Ingliz she’riyati janrlari haqida ma’lumot berilgan va ularni o’zbek tiliga tarjima qilish jarayonida she’riyatdagi janrlar muqobilligi ko’rib chiqilgan. Ingliz tilidan o’zbek tiliga bevosita va bilvosita tarjima qilinayotgan she’riy asarning mantiqli, konnotativ xususiyatlari va mazmunini adekvat anglay olish, badiiy tasvir vositalarini o’girish mahorati va muallif uslubini saqlash masalasi yoritilgan. She’rni tarjima qilishda transformatsiya usulidan foydalanish, ekviritmik tamoyillari haqida ayrim mulohazalar berilgan. Tarjimada vazn va qofiyani saqlash yo’llari ko’rsatilgan.