Abdulla Qodiriyning “O’tgan Kunlar” Asarining Mark Riz Tomonidan Tarjimasi “Bygone Days” Da So’zma-So’z Tarjima Usuli Tahlili

Authors

  • Yo’lchiyeva Mohira SamDChTI Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti Qiyosiy tarjima yo’nalishi II bosqich magistratura talabasi

Keywords:

O’tgan kunlar, Bygone days, so’zma-so’z tarjima usuli

Abstract

Ushbu maqolada Mark Riz Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarini ingliz tiliga tarjima qilishda qo‘llagan so‘zma-so‘z tarjima usuli tahlil qilingan. So‘zma-so‘z yondashuv asl matnning tuzilishi va ma’nosiga qat’iy rioya qilish, asliyat tiliga sodiqlikni ta’minlash va uning aniqligini saqlashga qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu usul, ayniqsa, terminologik va sintaktik aniqlik muhim bo‘lgan texnik matnlar uchun foydali bo‘lsa-da, badiiy tarjimada qiyinchiliklar tug‘diradi, ko‘pincha asl asarning estetik fazilatlari va hissiy nozikliklarini yetkazib bera olmaydi. Bu tahlilda Yusufbek Hojining Mirzakarim Qutidorga Otabekning Toshkentlik qiz bilan nikohlanishi haqida yozgan maktubi “O‘tgan kunlar” dan tarjima qilingan bir parchaga e’tibor qaratilgan. Ushbu tahlil orqali maqolada Riz tarjimasi asl matnning asosiy g‘oyalarini saqlab qolish va uni ingliz tilida so‘zlashuvchi auditoriya uchun qulay qilish zarurati bilan muvozanatlashgani ta’kidlanadi. Shu bilan birga, tarjimada madaniy, idiomatik va metaforik ifodalar soddalashtirilgani yoki tushirib qoldirilgani, shu bilan asl matnning teranligi va uslubiy boyligi pasayib ketganligi ham batafsil talqin qilinadi.

Downloads

Published

2024-12-20

How to Cite

Mohira, Y. (2024). Abdulla Qodiriyning “O’tgan Kunlar” Asarining Mark Riz Tomonidan Tarjimasi “Bygone Days” Da So’zma-So’z Tarjima Usuli Tahlili. Miasto Przyszłości, 55, 1247–1251. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/5843