XXI Asr Jamiyatida Insonning Ehtiyojlari Va Bunda Tarbiyaning Ahamiyati
Keywords:
Evolyutsiya, Psixoanaliz, Freydning shaxs rivojlanishidagi taraqqiyot bosqichlari, shaxs va jamiyat, ehtiyojning kelib chiqishi, turlari, shakllanishiAbstract
XXI asr jamiyatida inson ehtiyojlari kun sayin koʻpayib bormoqda. Ushbu ehtiyojlar nafaqat tabiiy, balki tarbiya va jamiyatga bogʻliq boʻlgan psixologik omillarga bogʻliq. Ehtiyoj inson faoliyatining asosi va shu bilan birgalikda ushbu faoliyatning mahsuli hamdir. Biroq bugungi kunda ehtiyojlarning ortishi inson psixikasiga hamda jamiyat taraqqiyotiga qanday ta’sir oʻtkazayotgani koʻplab savollarni tugʻdiradi. Ushbu savollarga javob topish maqsadida ehtiyojlarning tub mohiyati va sabablarini chuqur oʻrganishimiz lozim. Natijalar esa jamiyat rivojining keyingi bosqichlarida islohot vazifasini bajaradi.