O‘ZBEK TILI LISONIY TIZIMIDA EPONIMIYA HODISASI
Keywords:
eponim, atama so’z va atama birikma shaklidagi eponim, tibbiy eponimlar, leksik-semantik tizimAbstract
Ushbu maqolada eponim nima, o’zbek tilshunosligidagi eponimlarning o’rni, ularning kelib chiqishi, o’rganilish doirasi, tuzilishi, ma’no turlari haqida fikr yuritilgan. O’zbek tilshunosligida ikkilamchi nomlar tizimida eponimlarning keng o’rganilmaganligi, xususan, tibbiy sohada ushbu masala tadqiqining chetda qolganligi, faqat ayrim maqolalarda tahlili berilganligi muammoning o’rganilishiga turtki bo’ldi.
Izlanishlar davomida eponim birliklarning tibbiyot sohasining har bir yo’nalishida keng va faol qo’llanishda ekanligiga guvoh bo’lamiz. Tilshunoslikda ularni o’rganishga asoslar yetarliligi bunday birliklarning o’ziga xos nomlash xususiyati, semantik tizimi, shakllanish omillari, til iqtisodiyoti bilan bog’liqligi, leksik tizimni boyitishdagi ahamiyati va boshqalar bilan belgilanadi.