Begali Qosimovning Jadid Matbuoti Masalasiga Yondashuv Mezonlari
Keywords:
jadid matbuoti, siyosiy ong, jadidchilik, o’zbek jadid tanqidchiligi, jurnal, gazetaAbstract
Maqolada adabiyotshunos olim, professor Begali Qosimovning XX asr o’zbek matbuoti, xususan, gazeta va jurnallarning faoliyatiga munosabati yoritilgan. B.Qosimov jadid adiblarining ijtimoiy-siyosiy, adabiy-estetik qarashlari xususida asosli mulohazalarni ilgari surish uchun vaqtli matbuot sahifalarini jiddiy o‘rganadi. Vaqtli matbuotdagi maqolalarning aksariyatida ijtimoiy fikr uyg‘unligini “shaxsiy har qanday cheklashdan ijtimoiy adolatgacha bo‘lgan masalalar adabiyotning kun tartibiga qo‘yilgan”likda izohlaydi.
Olim jadid ijodkorlari, ularning katta-kichik asarlari, maqolalari xususidagi qarashlarini ifoda etishda davr milliy matbuotidan birlamchi manba sifatida foydalanadi. B.Qosimov “Turkiston viloyatining gazeti” faoliyatini o‘rganish jarayonida unda chop etilgan maqolalarning davr adabiy va ijtimoiy hayotida tutgan o‘rniga ko‘ra belgilab boradi va millat, adabiyot taqdirida ayricha o‘rin tutgan maqolalarni alohida tahlilga tortadi.