Emulsiyalar Dori Shakli Sifatida, Emulsiya Turg‘Unligiga Ta’sir Etuvchi Omillar

Authors

  • Boltayeva Shahribonu Ahmad qizi Osiyo xalqaro universiteti

Keywords:

emul’siya, emulgator, gidrofil-lipofil balance (GLB), suvmoy, moy-suv, continental, ingliz, Ibn Sino usuli, emulgirlash

Abstract

Dorixona amaliyotida emulsiya deb disperslangan sistemalarni moyning suvdagi turi deb tushunilib, faqatgina ichish uchun ishlatiladigan dori turiga aytiladi. Vaholanki, emulsiyalar ichish uchun ham, sirtga ishlatish uchun ham va xatto in’eksiya tarzida ishlatishga ham tayyorlanishi mumkin. Suvning moydagi (s/m) emulsiyasi sirtga ishlatish bilan birga, bu turi boshqa dori shakllarida ham ko’proq uchraydi. Bu dori turini liniment holida, surtma dori turida tayyorlanishi va ishlatilishi bu dori turlari bilan bog’liq bo’limlarda to’la yoritiladi. Emulgirlashda modda maydalanishi tufayli uning bo’sh sathi ortadi, maydalanish darajasi ko’paygan sari sathi osha boradi. Organizmning to’kimalari va suyuqliklariga tekkan moddaning sathi qanchalik katta bo’lsa, bo’larning o’zaro ta’siri shunchalik kuchlidir. SHunday qilib preparatning kimmati ko’p vaqtlarda uning maydalanish darajasi (dispersligi) bilan aniqlanadi. Bundan tashkari ko’proq disperslangan moddalardagi turli kimyoviy holatlar, bo’linmagan moddadagiga karaganda faolroq ravishda boradi. SHuning uchun emulsiya holatida turgan yog’lar emulgirlanmagan yog’larga karaganda me’da-ichak yo’lining fermentlari tomonidan gidroliz holatiga tezrok duchor bo’ladi. SHuni aytib o’tish kerakki, bunda yog’ning bemaza ta’mi yo’qoladi, yog’larni ichish osonlashadi, ayrim preparatlarning ta’sirlovchi xususiyati kamayadi va dozalarga bo’lish osonlashadi.

Downloads

Published

2024-05-23

How to Cite

Ahmad qizi, B. S. . (2024). Emulsiyalar Dori Shakli Sifatida, Emulsiya Turg‘Unligiga Ta’sir Etuvchi Omillar. Miasto Przyszłości, 48, 1098–1100. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/3645