RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHNING DASTURIY TA’MINOTINI IZCHILLIK ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Raqamli ta’lim, Axborot texnologiyalari, Dasturiy ta'minot, Ta’lim muhiti, Ta’lim texnologiyalari, O‘qituvchi tayyorlash, O‘quvchilar samaradorligi, Ta’lim jarayonining raqamlashtirilishi, Interaktiv o‘qitish, Ta’lim sifatini oshirish.Abstract
Ushbu maqola raqamli va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning dasturiy ta’minotini izchillik asosida takomillashtirish jarayonini o‘rganadi. Maqolada zamonaviy ta’lim muhitida dasturiy ta'minotni tanlash, sozlash, o‘qituvchi va o‘quvchilarni tayyorlash, shuningdek, dasturiy ta'minotdan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari muhokama qilinadi. Ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish orqali o‘quvchilarning axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini yanada chuqur va samarali o‘zlashtirishlari mumkinligi ta'kidlanadi. Maqolada dasturiy ta'minotning ta’lim sifatiga ta'siri va bu borada ilg'or amaliyotlar asosida takliflar kiritiladi.