Quyonlarni Sun’iy Va Tabiiy Urchitishning Afzalliklari Va Intensiv Texnologiyalar Asosida Quyon Yetishtirish
Keywords:
quyonlar, jinsiy sikl, ko’paytirish jadvaliAbstract
Bugungi kunda quyonchilik tarmogʻi dunyo iqtisodiyoti va isteʼmolida muhim oʻrinlardan birini egallagan. Shu jumladan, chorvachilikda goʻsht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari bilan bir qatorda quyon goʻshti yetishtirish ham muhim ahamiyatga ega. Zero, quyonchilik sardaromad sohalardan boʻlib, xususan goʻshti esa parhezbop hisoblanadi. Mutaxassislar fikriga koʻra, quyonning goʻshti va terisi, shuningdek, uning yogʻi ham ekologik toza mahsulot boʻlib, kosmetologiyada turli kremlarni tayyorlashda foydalansa boʻladi. Umuman olganda, quyonchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, uning terisi va moʻynasini sanoat usulida qayta ishlab, eskportga yoʻnaltirish xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlar uchun moʻmay daromad sanaladi. Quyidagi maqolada quyonlarni yetishtirish va ko’paytirish texnikasi haqida so’z yuritiladi.