Oskar Uayldning “Doriyan Greyning Portreti” Asaridagi Doriyan Grey Obrazining Demonlashuvi

Authors

  • Atabayeva Zarnigor Baxran qizi Samarqand davlat chet tillar instituti, Tayanch doktoranti

Keywords:

Doriyan Grey demonlashuvi, axloqiy inqiroz, xudbinlik va egoizm, estetizm va axloq, gunoh va jazo, portret va ruhiy o'zgarish

Abstract

Oskar Uayldning “Doriyan Greyning portreti” asaridagi Doriyan Grey obrazi estetik go'zallik va axloqiy buzulish o'rtasidagi murakkab ziddiyatni o'zida mujassam etgan. Ushbu maqolada Doriyan Greyning demonlashuvi jarayoni, uning ruhiy va axloqiy inqirozi orqali qanday namoyon bo'lishi tahlil qilinadi. Portretning sirli kuchi va Doriyan Greyning o'z qiyofasi bilan bog'liq obsesiyasi uning ruhiy korruptsiyaga uchrashiga va insoniy qadr-qiymatidan mahrum bo'lishiga olib keladi. Asardagi bu jarayon insoniy xudbinlik, cheksiz lazzatparastlik va ichki buzulishning ekstremal darajasini ko'rsatib beradi. Maqolada, shuningdek, go'zallikning qorong'u tomonlari va bu go'zallikning inson ruhiyatiga ko'rsatadigan halokatli ta'siri chuqur tahlil qilinadi.

Downloads

Published

2024-09-14

How to Cite

qizi, A. Z. B. . (2024). Oskar Uayldning “Doriyan Greyning Portreti” Asaridagi Doriyan Grey Obrazining Demonlashuvi. Miasto Przyszłości, 52, 265–269. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4588