Dunyo Miqyosida Gender Tengligi Va Ayollar Intellekti Masalalari

Authors

  • Bozorova Ro‘zigal Sharofovna Osiyo Xalqaro Universiteti, “Tarix Va Filologiya” Kafedrasi Dotsenti, F.F.F.D (PhD)

Keywords:

Gender, intellekt, ta’lim, rag’bat

Abstract

Maqolada dunyo bo’yicha ayollar intellekti masalasi qay darajada o’rganilgan va bu boradagi tadqiqotlar xususida aytilgan. Ayollar intellekti — bu ayollarning fikrlash, muammoni hal qilish, ta'lim olish va ijodiy qobiliyatlarini anglatadi. Ayollarning mantiqiy fikrlash, analitik qobiliyatlar va ijodkorlik darajasi erkaklar bilan solishtirganda o'xshash yoki ba'zan yuqori bo'lishi mumkin. Tadqiqotlar ko'rsatmoqda-ki, ayollar ko'plab sohalarda yuqori natijalarga erishmoqda. Ayollar ta'limda ko'proq muvaffaqiyatga erishmoqda. Ularning ta'limga kirish imkoniyatlari kengaygan sayin, intellektual faoliyatda ishtiroki ham oshmoqda. Bu, ularning turli sohalarda ko'proq rol o'ynashiga yordam beradi. Ayollarning intellektual rivojlanishi, shuningdek, ijtimoiy va madaniy omillar bilan bog'liq. Oila, jamiyat va ta'lim tizimlari ayollarning o'zini namoyon qilishida katta rol o'ynaydi. Global miqyosda gender tengligi, ayollar intellekti va ularning ilm-fandagi roli haqida ko'proq e'tibor qaratilmoqda. Bu ayollarning intellektual faoliyatini rag'batlantirishga, ularning bilim olish imkoniyatlarini oshirishga va liderlik pozitsiyalarida ishtirokini ta'minlashga qaratilgan tashabbuslarni kuchaytirishga olib kelmoqda.

Umuman olganda, ayollar intellekti jamiyatning rivojlanishi va barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu mavzu bo'yicha ko'proq tadqiqotlar va amaliyotlar ayollarning intellektual imkoniyatlarini to'liq ochib berishga yordam berishi haqidagi fikr va mulohazalar ochib berilgan.

Downloads

Published

2024-09-23

How to Cite

Sharofovna, B. R. (2024). Dunyo Miqyosida Gender Tengligi Va Ayollar Intellekti Masalalari. Miasto Przyszłości, 52, 460–463. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/4633