Orol Hududida Yashaydigan Reproduktiv Yoshdagi Ayollarda Gipotireoz Va Gipertireoz Holatida Qalqonsimon Bezning Funksional Holati
Keywords:
Qalqonsimon bez, gipotireoz, gipertireoz, reproduktiv yosh, orol hududi, ekologik omillar, endokrin patologiyalar, gormonlar (TSH, T3, T4), ayollar salomatligi, reproduktiv funksiYAbstract
Ushbu maqolada Orol hududida yashaydigan reproduktiv yoshdagi ayollarda qalqonsimon bezning gipotireoz va gipertireoz holatidagi funksional holati tahlil qilinadi. Ekologik omillar, xususan, havo, suv va tuproqning ifloslanishi qalqonsimon bez kasalliklarining tarqalishiga jiddiy ta’sir kо‘rsatmoqda. Tadqiqot davomida TSH, T3 va T4 gormonlari darajalari, qalqonsimon bezning ultrasonografik kо‘rsatkichlari hamda klinik belgilari о‘rganildi. Natijalar shuni kо‘rsatdiki, gipotireoz ayollar orasida keng tarqalgan bо‘lib, reproduktiv funksiyaga salbiy ta’sir qiladi. Shuningdek, gipertireoz holatlari ham ma’lum darajada kuzatildi. Orol hududidagi ekologik vaziyat va endokrin kasalliklar о‘rtasida о‘rtacha darajada bog‘liqlik aniqlandi. Mazkur patologiyalarning erta diagnostikasi va samoroli davolashi ayollar salomatligini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.